Taqrizchilar:
Fayzibaev Sh.S. – Xalqaro transport akademiyasi akademigi, t.f.d., professor (TDTU);
Zayniddinov N.S. – t.f.n., Sanoat faolyatini tashkil etish va nazorati boshqarmasi bosh muhandisi (AJ «OʻTY»),
Annotasiya:
Darslikda vagonlarni ishlab chiqarish va ta’mirlash texnologik jarayonlari, ishlab chiqarish turlari, tuzilish shakllari va xavfsizligi bayon etilgan, detallarga mexanik ishlov berish, konstruksiyaning texnologiyaviyligi, mashinsozlikda aniqlik hamda bazalashtirish prinsiplari koʻrib chiqilgan. Vagonlarni ishlab chiqarish va ta’mirlash texnologik jarayonlarini loyihalash asoslari hamda texnik meyorlash usullari yoritilgan. Darslik temir yoʻl transporti oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, vagonlarni ishlab chiqarish va ta’mirlash sohasida transport mashinasozligi texnologiyasi bilan bog’liq boʻlgan muhandis-texnik ishchilar uchun ham foydali boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan (Grif 892-231).