Bugungi kunda “Scopus” bazasida nashr qilinadigan maqolalar ko‘plab davlatlarning OTMlarida ilmiy faoliyatini baholashning kriteriyalaridan biri sifatida qabul kilingan. Jumladan, bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimda bu berilganlar bazasiga katta e’tibor qaratilmoqda.
«Scopus» – dunyoning eng nufuzli ilmiy-tahliliy reyting platformalaridan biri bo‘lib, u ilmiy maqolalar mualliflari, olimlar reytingi, jurnallar, tashkilotlar, mamlakatlar reytinglarini tuzish imkonini beradi. Ulardan qanday o‘rin olish mumkinligi haqida gapiradigan bo‘lsak, bajarilishi kerak bo‘lgan asosiy vazifa – ilmiy maqola yozish. Reytingda o‘sish uchun mazkur ilmiy maqolaga havola berilishi kerak (qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi), olimlar o‘z ma’ruzalarida uni tilga olishlari kerak Reytinglarimiz shu tarzda tuziladi.
2020-yil yakuni bo‘yicha «Scopus» xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi bo‘yicha eng yuqori Xirsh indeksiga erishgan 40 yoshgacha bo‘lgan olimlarga Yoshlar akademiyasining Iqtidorli yoshlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik to‘lanadigan 100 mln. so‘m miqdorida mukofot beriladi.
Scopus minglab nashriyotlarning shu jumladan, “Elsevier”ning tezislari va havolalaridagi metama’lumotlarini indekslaydi.