Birinchi bosqich talabalari uchun
Toshkent davlat transport universiteti 1-bosqich talabalari o‘quv yili mobaynida o‘zlariga kerakli bo‘lgan o‘quv darsliklarini universitet Axborot-resurs markazida olishlari mumkin. Buning uchun talabada Axborot-resurs markazining “Yagona kitobxonlik guvohnomasi” bo‘lishi zarur. Buning uchun talabada quyidagi hujjatlar talab etiladi:
– 2 ta 3×4 rasm;
– Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa 1 ta;
– Talabalik guvohnomasi ( asil nusxasi );
Ushbu hujjatlar asosida “Xizmat ko‘rsatish” bo‘limida talabalar uchun “Yagona kitobxonlik guvohnomasi” beriladi. “Yagona kitobxonlik guvohnomasi” talabaga Axborot-resurs markazining barcha bo‘limlaridan o‘quv yillari davomida foydalanish imkonini beradi.
“Xizmat ko‘rsatish” bo‘limidan siz guvohnoma orqali o‘zingizga kerakli bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati asosida darslik va o‘quv qo‘llanmalarni 1 semestr davomida foydalanishga olishingiz mumkin.
“O‘quv zallarida siz o‘zingizga kerakli bo‘lgan adabiyotlarni kataloglardan topib, kutubxona guvohnasi bilan shu yerning o‘zida foydalana olasiz. Ushbu zal so‘ngi rusumdagi kompyuter va beepul internet tarmog’I bilan jihozlangan bo‘lib, talabalar ulardan cheklanmagan muddatda foydalanishlari mumkin. O’quv zaliga joylashtirilgan kompyuterlarga sohaviy dasturlar o‘rnatilgan. Bunda talabalar sohaga doir intelektual bilimlariga sayqal berib ularni yanada mustahkamlashadi.
“Ilmiy adabiyotlar” bo‘limida siz alfavit sistemali, lotin tilidagi adabiyotlar katalogi orqali sizga kerakli bo‘lgan ilmiy adabiyotlarni qidirib topib, kutubxona xodimiga buyurtma beriladi. Bu yerdan adabiytolar 10 kun muddatga foydalanish uchun beriladi.
“Nodir adabiyotlar” bo‘limida yagona nusxadagi nodir va chet el adabiyotlari mavjud bo‘lib, bu adabiyotlardan bo‘limning o‘zida foydalaniladi. Bundan tashqari ushbu bo’limda sohaviy jurnallar ham mavjud bo‘lib, o‘zingizga kerakli jurnal maqolasini soha kartotekasi orqali qidirib topib, o‘qish imkoniyatiga egasiz.
“Maqsud Shayxzoda nomidgai badiiy adabiyotlar o‘quv zali” ga talabalar “Yagona o‘quv guvohnomasi” orqali a’zo qilinadi. Bu yerda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan poeziya, sarguzasht, fantastika, komediya, dedektiv va tarixiy janrlardagi adabiyotlardan foydalanishlari mumkin. Talabalar adabiyotlarni “Yagona o‘quv guvohnomasi” orqali 10 muddatga olishlari mumkin. Bundan tashqari ushbu zalda ham eng so‘ngi rusumdagi kompyuterlar mavjud bo‘lib, ularda ham yuqorida keltirilgan imkoniyatlar mavjud. Bulardan ko‘zlangan asosiy maqsad universitetimiz talaba yoshlari uchun xorijiy bilim yurtlaridagidek shart-sharoitlar yaratib berish.
Agarda talab tomonida olingan adabiyotlarga ziyon yetkazilsa yoki yo‘qotilsa Axborot-resurs markazi tomonidan o‘rnatilgan tartib qoidalarga muvofiq jarima qo‘llaniladi.
Kitobxonlarni kutubxonada ro‘yxatga olish tartibi:
• Kitobxonlarni kutubxonaga ro‘yxatga olish universitet ID-kartasi orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun foydalanuvchi kutubxona rahbari-kutubxonachi bilan bog‘lanishi kerak.
• Birinchi kurs talabalari ID-karta olishdan oldin kutubxonaga tashrif buyurganlarida shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan ro‘yxatdan o‘tadilar. ID-kartadan butun o‘quv davrida foydalanish kerak.
• Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng oʻquvchi kutubxonaning ushbu foydalanish shartlari bilan tanishishi va ularga qatʼiy rioya qilishi shart.
Adabiyotlardan foydalanish qoidalari:
• A’zolik bo’yicha adabiyotlar uyga topshiriladi.
• Adabiyotga buyurtma berishda o‘quvchi ID-kartani taqdim etadi.
• Kutubxona fondidan kitoblar va boshqa materiallarni olgandan so‘ng, o‘quvchi nashrlarni diqqat bilan ko‘rib chiqishi va kamchiliklar aniqlansa, bu haqda kutubxonachiga ma’lum qilishi shart, aks holda kitobning so‘nggi nashridan foydalangan o‘quvchining zimmasiga tushadi.
• Foydalanuvchi bir semestr yoki bir o‘quv yili uchun adabiyotlarni oladi.
• Entsiklopediyalar, ma’lumotnomalar, dissertatsiyalar faqat o’quv zallarida foydalanish mumkin.
Diqqat! Qarzdorlik va yo’qolgan kitoblar o‘rnini yo‘qotilgan adabiyot narxi va adabiyot qiymatiga teng keladigan adabiyot bilan to‘ldiradi.
O’quv zalidan foydalanish qoidalari:
• Talabalar o’quv zalidan foydalanish uchun “Yagona talabalik guvohnomasi” (ID-karta) taqdim etish kifoya.
• Talabalar o’quv zalida tashrif buyuruvchilar o’quv zali fondidan o’zlariga zarur bo’lgan adabiyotlarni katalog orqali qidirib buyurtma asosida olishlari mumkin.
• Agar kerakli adabiyotlar o‘quv zalida bo‘lmasa, foydalanuvchi uni kutubxona veb-saytidan (http://lib.tstu.uz/jirbis2/) “Elektron kutubxona” yoki “Elektron katalog” bo‘limlaridan topishi mumkin.
• O’quv zalida mavjud adabiyotlar uyga berilmaydi, lekin, nusxa ko’chirish apparatlari orqali kerakli varaqlarning fotonusxalarini yoki mobil telefonda suratga olishi mumkin.
Davriy nashrlardan foydalanish qoidalari
• Kutubxonaning davriy nashrlaridan foydalanish uchun foydalanuvchi kutubxona rahbariga ID-kartani ko‘rsatishi kifoya (birinchi kurs talabalari ID-kartani olishdan oldin o‘z ID-kartasini taqdim etishlari kerak).
• Davriy nashrlar zali oxirgi 3 yil ichidagi mahalliy va xorijiy gazeta va jurnallar, axborot byulletenlari va byulletenlardan va hokazolardan foydalanish imkonini beradi. Ilgari nashr etilgan larga kutubxonachiga murojaat qilib, kutubxona fondidan buyurtma berishi mumkin.
• Davriy nashrlardan foydalanish uchun 212-xonaga murojat etiladi.
Elektron adabiyotlar bilan ishlash
ARM da mavjud professor-o‘qituvchilar tomonidan yozilgan elektron adabiyotlarni elektron adabiyotlar bo’limida jamlanadi;
• Elektron nashrlarni qabul qilishda avtorlarning titullari mos kelishi, hajmi, sahifasi, talabnomaga mos kelishi lozim;