“SCOPUS” UCHUN MINIMAL MEZON

«Scopus» – dunyoning eng nufuzli ilmiy-tahliliy reyting platformalaridan biri bo‘lib, u ilmiy maqolalar mualliflari, olimlar reytingi, jurnallar, tashkilotlar, mamlakatlar reytinglarini tuzish imkonini beradi. Ulardan qanday o‘rin olish mumkinligi haqida gapiradigan bo‘lsak, bajarilishi kerak bo‘lgan asosiy vazifa – ilmiy maqola yozish. Reytingda o‘sish uchun mazkur ilmiy maqolaga havola berilishi kerak (qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi), olimlar o‘z ma’ruzalarida uni tilga olishlari kerak Reytinglarimiz shu tarzda tuziladi.

2020-yil yakuni bo‘yicha «Scopus» xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi bo‘yicha eng yuqori Xirsh indeksiga erishgan 40 yoshgacha bo‘lgan olimlarga Yoshlar akademiyasining Iqtidorli yoshlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik to‘lanadigan 100 mln. so‘m miqdorida mukofot beriladi.

Scopus minglab nashriyotlarning shu jumladan, “Elsevier”ning tezislari va havolalaridagi metama’lumotlarini indekslaydi.

“Scopus” uchun minimal mezon

-Jurnal taqriz asosidagi kontentga ega bo‘lishi kerak;

-Jurnal muntazam ravishda nashr etilishi kerak (ISSN xalqaro markazida ro‘yxatdan o‘tgan ISSN bo‘lishi kerak);

-Kontent xalqaro auditoriya uchun dolzarb va tushunarli bo‘lishi kerak (lotin transkripsiyasida bo‘lishi, maqola nomi va annotatsiyasi ingliz tilida ham berilishi kerak);

-Jurnalning etika qoidalari mavjud bo‘lishi;

-Bundan tashqari, umumiy amaliyotga ko‘ra, jurnal “Scopus” (ikkinchi bosqich)ga qo‘shilish uchun arizani ko‘rib chiqishdan kamida ikki yil oldin chop etila boshlangan bo‘lishi lozim.

Iqtibos (arab. — ziyo olmoq), sitata — biror asardan soʻzma-soʻz olingan parcha. Iqtibos bayon qilinayotgan fikrni ishonchli fikr bilan quvvatlash, muayyan fikrni tanqid qilish uchun hamda muhim faktik material — misol sifatida qoʻllaniladi. Iqtibos, asosan, ilmiy (koʻpincha gumanitar) va rasmiy nutqda ishlatiladi hamda qoʻshtirnoq bilan belgilanadi yoki alohida harf bilan yoziladi; shuningdek, manbaga havola qilinadi. Bunday koʻchirmalar foydalanuvchining fikri bilan qiyoslanganda uning mohiyatini toʻgʻri tushunish imkonini beradi. Masalan, badiiy adabiyotning , soʻzning gʻoyaviy-estetik taʼsir kuchi, ahamiyatini quroldan ham kuchliroq ekanligi toʻgʻrisidagi fikrni mustah-kamlash maqsadida P. Tursunning «Adabiyot zambarakdan zoʻr» yoki A. Qahhorning «Adabiyot atomdan kuchli» degan soʻzlarini yoki boʻlmasa, «tigʻ yarasi bitar, ammo til yarasi bitmas» maholini iqtibos sifatida qoʻllash mumkin. Iqtibosdan koʻp hollarda epigraf va shior oʻrnida ham qoʻllaniladi. Agar muallif fikriga zarar yetmasa, Iqtibosda orfografiya va punktatsiyani oʻzlashtirish, soʻz (soʻzlar)ni tushirib qoldirish mumkin (bunda koʻp nuqta bilan belgi qoʻyiladi).

About the Author

You may also like these