“Selexyz Bookstore”, Gollandiya. Bu kitob doʻkoni 700-yillik tarixga guvoh boʻlgan qadimiy ibodatxona binosida joylashgan. “Livrario Lello”, Portugaliya. Neogotik uslubda bunyod qilingan binoda joylashgan bu kitob doʻkoni 1906-yilda ochilgan. «Garri Potter» filmining baʼzi sahnalari bu yerda suratga olinganidan soʻngra u yana-da mashhurlikka erishadi. “Cook and Book”, Belgiya. Gʻayrioddiy dizayn va koʻrinishga ega boʻlgan bu kitob doʻkonida kitob sotib olmoq bilan birga lazzatli taomlar tanovul qilmoq ham mum “El Ateneo Grand Splendid”, Argentina. Dunyoning eng mashhur kitob magazinlaridan sanalgan “El Ateneo Grand Splendid”, avvallari kino va teatr markazi boʻlgan binoda joylashgan. Bu yerda tomoshabin oʻrindiqlari oʻrniga kitob javonlari oʻrnatilgan. “Shakespeare and Company”, Fransiya. 1919-yilda oʻz faoliyatini boshlagan bu kitob doʻkonida turli xil kitoblar bilan birga qadimiy Fransiya meʼmorligini tomosha qilib ham zavq olmoq mumkin. “Atlantis Books”, Yunoniston. Egey dengizining sohilida, Santorini mehmonxonasida joylashgan bu kitob doʻkoni sayyohlarning eng sevimli joyi hisoblanadi. “Ler Devagar”, Portugaliya. Lissabonda joylashgan bu kitob doʻkonida kafe va restoran ham mavjud. Doʻkonda tez-tez kitob yarmarkalari tashkil qilinadi. “Libreria Acqua Alta”, Italiya. Venetsiyada joylashgan bu kitob doʻkonining javonlari qayiqning ichiga joylashtirilgan boʻlib, uni kuzatishning oʻzi ha “Brattle Bookshop”, AQSH. Bu kitob doʻkonining eng maroqli jihatlaridan biri doʻkonning bir qismi koʻchada joylashganidadir. “Livraria da Vila”, Braziliya. “Livraria da Vila” Braziliyaning eng katta kitob doʻkonlaridan biri boʻlishi bilan birga modern uslubdagi koʻrinishi odam diqqatini tortadi.