Bu – ko‘pdan beri siz qo‘ldan qo‘ymay o‘qib kelayotgan kitob. Bu – ko‘pdan beri siz farzandlaringiz, yaqinlaringiz o‘qishlarini astoydil istayotgan kitob. Bu – ciz va biz haqimizdagi kitob. Yaralganimizdan to bugungi kunimizgacha bizga nimalar ayon – nimalar noayon, nimalarni topdik – nimalarni yo‘qotdik, kimlarga mehr berdik – kimlarni esa xo‘rladik yoki tahqirladik, o‘zimizga havola.