YANGI CHOP ETILGAN ADABIYOTLAR TAQDIMOTI

13.10.2022y kuni universitet Qurilish muhandisligi fakulteti quyidagi kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yangi, chop etilishga tayyorlangan o’quv adabiyotlari taqdimoti bo’lib o’tdi:

*Temir yoʻl muhandisligi kafedrasi

* Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari kafedrasi

* Bino va sanoat inshootlari qurilishi kafedrasi

* Oliy matematika kafedrasi

* Amaliy mexanika kafedrasi

* Koʻpriklar va tonnellar kafedrasi

Bino va sanoat inshootlari qurilishi kafedrasi mudiri Turg’unboyev O’rinbek Jamolovichga, Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari kafedrasi mudiri Qahharov Bahodir Baxramovich, Amaliy mexanika kafedrasi o’qituvchisi Ergashev Zuxriddin Zayniddinovich, Temir yo’l muhandisligi kafedrasi mudiri Lesov Kuvandik Saginovich, Koʻpriklar va tonnellar kafedrasi mudiri Shermuhammedov Ulug’bek Zabixullayevichlar o’z taqdimotlari bilan qatnashdi.

Universitet Axborot-resur markazi «Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot bo’limi» boshlig’i Komilova Sitora «Xalqaro elektron ba’zalar» taqdimoti bilan qatnashdi. Talaba-yoshlarga universitet obuna bo’lgan xalqaro elektron ba’zalar haqida tushunchalar berildi.

Taqdimot so’ngida fakultetning faol talabalari badiiy va o’quv adabiyotlari bilan taqdirlandi.

About the Author

You may also like these