Alisher Navoiy: Mahbub ul-qulub Alisher Navoiyning «MAHBUB UL-QULUB» («Qalblar sevgilisi») asari 1501 yilda umri davomidagi butun hayotiy kuzatishlari asosida yozilgan. Asar o‘zaro bog‘liq 3 qismdan iborat. 1-qism 40 faslni (bob) o‘z ichiga oladi. Bunda Alisher Navoiy o‘z davrining tipik vakillari hayotini tasvirlagan. 10 bobdan tashkil topgan 2-qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va nafratga loyiq xislatlar tafsiloti berilgan. 3-qismga masal va hikmatlar kiritilgan. Har bir jumla o‘zaro qofiyadosh. Shu boisdan har bir ijtimoiy tabaqa aniq tasvirlangan. Asarning saj’da yozilishi unga alohida badiiy nafosat bag‘ishlagan.