Frans Kafka: Jarayon “Jarayon” oson o‘qiladigan roman emas. O‘qish murakkab, tushunish uchun mehnat qilish kerak. Tahlil uchun esa vaqt lozim. Mutolaaga kirishar ekansiz, chalg‘ishingiz yoki diqqatsizligingiz butun jarayonni qayta o‘qishga «majbur qilishi» mumkin. Jumla tuzilishi, tasvirlar, yondashuv boshqa qaysidir yozuvchi uslubini eslatmaydi. Buni adibning o‘zi «Yozganlarim g‘alati», deya izohlagan.