O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2017 yildagi, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi PQ-3271-sonli qarori hamda Toshkent davlat transport universiteti rektorining 270-U sonli buyrug’i ijrosini taminlash maqsadida 2022-yil 17-dekabr sanasida Toshkent davlat transport universiteti Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’limi va Axborot-resurs markazi hamkorligida «Eng yaxshi kitobxon jamoasi» ko’rik tanlovining universitet bosqichi o’tkazildi.
Tanlovning «Fakultet bosqichi»da quyidagi jamoalar g’olib bo’lib, «Universitet bosqichi»ga yo’llanmani qo’lga kiritishgan edi:
1 — Aviatsiya transporti muhandisligi fakultetining Cosmos jamoasi;
2 — Temir yo’l transporti muhandisligi fakultetining Temiryo’lchilar jamoasi;
3 — Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakultetining Energetiklar jamoasi;
4 — Transport tizimlari boshqaruvi fakultetining Turkiston jamoasi;
5 — Qurilish muhandisligi fakultetining YMTY-7 jamoasi;
6 — Iqtisodiyot fakultetining Prokurorlar jamoasi;
7 — Avtomobil yo’llari muhandisligi fakultetining Beklar jamoasi;
8 — Avtomobil transporti muhandisligi fakultetining Beklar jamosi.
Tanlovning «Universitet bosqichi»da o’zining tezkorligi, savollarga to’laqonli javob berishi hamda aktyorlik mahoratlarini ajoyib tarzda ko’rsatib bera olganligiuchun, quyidagi jamoalar g’oliblikni qo’lga kiritishdi va munosib tarzda taqdirlanishdi:
🥇Transport tizimlari boshqaruvi fakultetining «Turkiston» jamoasi – 7 500 000 so’m;
🥈Temir yo’l transporti muhandisligi fakultetining «Temiryo’chilar» jamoasi – 5 000 000 so’m;
🥉Iqtisodiyot fakultetining «Prokurorlar» jamoasi – 2 500 000 so’m;
shuningdek, final bosqichiga chiqqan har bir jamoa 2 500 000 so’mdam pul mukofotiga sazovor bo’ldilar.
Tanlov davomida ishtirokchilar Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi, hamda uning «O’tkan kunlar» romani haqida juda ko’plab ma’lumotlarga ega ekanligini isbotlashdi.
Tanlov adolatli va shaffof bo’lishini ta’minlash maqsadida hurmatli mehmonlarimiz, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Dono Boboxonova hamda Abdulla Qodiriy avlodlaridan bo’lmish Mazluma Qodiriya hakamlar hay’ati tarkibidan o’rin egallashdi.







