Talaba-yoshlarning kitobga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda talabalar ongida adabiyotga, xususan, o’zbek adabiyotining boy me’roslariga va nodir durdona asarlariga bo’lgan ishtiyoqlarini oshirib ushbu yo’l bilan ularning ma’naviy dunyoqarashlarini yanada rivojlantirish hamda Toshkent Davlat Transport universitetining 2022-yil 6-oktyabrdagi 270-U sonli «Universitet talabalari o’rtasida «Eng yaxshi kitobxon jamoasi» ko’rik tanlovini tashkil etish to’g’risida»gi buyrug’ini ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-dekabr kuni Iqtisodiyot fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan tanlovining 3-bosqichi o’tkazildi. Murosasiz bahslarda o’tkazilgan tanlovda «Prokurorlar» jamoasi 1-o’rinni egallab, Universitet bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.