«Yangi O‘zbekiston rivojlanishida transport vositalarining ahamiyati” mavzusida davra suhbati

2021-yil 10-noyabr kuni O’zbekison milliy kutubxonasining media zalida X Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekistonda hozirgi kunda transport sohasining o‘rni va ahamiyati haqida TDTU professor-o‘qituvchilar bilan “Yangi O‘zbekiston rivojlanishida transport vositalarining ahamiyati” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Yo‘ldoshev B. transport tarixi haqida, yangi O‘zbekistonning rivojlanishida transportning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi samaradorligini oshirish, xalq xo‘jaligini turli sohalarida muvafaqqiyatlarga erishishdagi, aholining turmush farovonlik darajasini ko‘tarish haqida ma’lumotlar berildi.


– Milliy iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biri – transportni, uning infratuzilmasini rivojlantirishda mavjud resurslardan oqilona va samarali foydalanish bugungi kunning ob’yektiv zaruriyatidir. Chunki jahon iqtisodiyotini ham, mintaqa yoki mamlakat iqtisodiyotini ham transport tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Bugungi kunda transport tizimini rivojlantirish masalasi yeng ustuvor vazifalardan biri etib qo‘yilgan,-dedi Ravshanjon Axmadjonov.

About the Author

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

You may also like these