So‘z – insonning eng kuchli quroli degan edi mashhur faylasuf Aristotel. Insondagi hech bir narsa so‘zchalik kuchli ta’sir kuchiga ega emas. So‘z bo‘lganda ham har qanday so‘z emas, balki badiiy, adabiy til meyorlariga amal qilgan so‘zlar uni mahorat bilan go‘zal tarzda yetkazib beruvchi notiq tilida dunyodagi eng dahshatli texnik quroldan ham katta kuchga ega bo‘ladi. Insonlarning fikrlarini o‘zgartirish, ularning qalbiga osonlikcha yo‘l topish uchun notiq bo‘lish kifoya.