Deyl Karnegi: Bezovtalikdan xalos bo‘lish va yangi hayot boshlash sirlari Kundalik hayotda tashvishlarga shunchalik o‘ralashib qolamizki, u bizni bezovtalik, sarosimalik, ranj-alam va dilgirlikka duchor qiladi. Oqibatda o‘zimizga kasallik orttirganimizni bilmay qolamiz. Kuchli siqilish, noxush o‘y-xayollar bizni ich-ichimizdan kemira boshlaydi. Dard chekamiz, hatto to‘shakka mixlanib qolamiz. Vaholanki, bezovtalikdan xalos bo‘lishning yechimi oddiy. Bunga mazkur kitobni o‘qib chiqib, ishonch hosil qilishingiz shubhasiz.