«ENG YAXSHI KITOBXON JAMOASI» NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom universitet talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi kitobxon jamoasi” tanlovini (keyingi o‘rinlarda – Tanlov deb, yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Tanlov talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

3. Tanlov universitet tyutorlari va fakultet dekanlarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o‘rinbosarlari orqali talabalar o‘rtasida muntazam amalga oshiraladi.

4. Tanlovni o‘z vaqtida va yuqori saviyada o‘tkazishni nazorat qilish vazifasi universitetning prorektorlari, dekanlari hamda “Axborot-resurs markazi” va “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy bo’limi” xodimlaridan tashkil topgan Ishchi guruh zimmasiga yuklatiladi.

5. O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qat’iy nazar barcha universitet talabalari Tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

6. Ushbu nizomiga o‘zgartirish kiritish Ishchi guruh taklifiga ko‘ra universitet rektori buyrug‘i bilan amalga oshirilishi mumkin.

II. Tanlovning maqsad va vazifalari

7. Tanlovning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • universitet talaba yoshlari o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish va rivojlantirish, ommamiy kitobxonlik madaniyatini oshirish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
  •  kitobni kam mutolaa qiladigan talabalar o‘rtasida turli shakl va vositalar bilan kitobxonlikni ommalashtirish;

– talaba yoshlarni kitob o’qishga chorlash va intilishini qo‘llab-quvvatlash, joylarda adabiy muhit shakllanishiga erishish;

– talabalar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim-ko‘nikmalarni yanada yuksaltirish. 

III. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha umumiy qoidalar

8. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha umumiy qoidalar:

– tanlovni tashkil etish va uni o‘tkazish Ishchi guruh, universitet tyuterlari va fakultet dekanlarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o‘rinbosarlari orqali amalga oshiraldi;

  • Ishchi guruh, tyutorlar va fakultet dekanlarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o‘rinbosarlari tanlovning asosiy bosqichlari va tartib-qoidalari to‘g‘risida universitet talabalari o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi;
  • Ishchi guruh, universitet tyutorlari va fakultet dekanlarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o‘rinbosarlari zimmasiga tanlov o‘tkazish vaqtida oshkoralikni va shaffoflikni ta’minlash vazifasi yuklatiladi;

– Ishchi guruh tanlov ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal etadi;

– Ishchi guruh, universitet tyutorlari va fakultet dekanlarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o‘rinbosarlari mazkur Nizomga asoslangan holda tanlovni yuqori saviyada va sifatli o‘tkazilishini ta’minlaydi.

  • universitet tyutorlari o‘z guruhlari uchun tanlovlardan ikki hafta oldin tanlangan kitoblar to‘g‘risidagi taqdimotlarni tashkil qiladi.
  • universitet tyutorlari va fakultet dekanlarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o‘rinbosarlari tanlov jarayoni qiziqarli va bahsli o‘tishini ta’minlaydi.
  • o‘tkazilgan tanlovlar bo‘yicha mas’ul xodimlar tomonidan bayonnomalar rasmiylashtirilishi shart.

IV. Tanlov jarayonini amalga oshirish qoidalari

9. Tanlov 4 bosqichdan iborat bo‘ladi:

1-bosqich. Tyutor o‘ziga biriktirlgan har bir guruh bilan alohida tanlov tashkil qiladi. Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlarni 1-ilovaga muvofiq oldindan tasdiqlab Ishchi guruhiga taqdim etadi. 1-bosqich uchun kitoblar kurslar kesimi bo‘yicha universitet rektorining 2022-yil 24-martdagi 90-U-son buyrug‘iga asosan har bir guruh uchun alohida belgilanadi va talabalarga tanlovdan ikki hafta oldin e’lon qilib e’tiborlariga yetkaziladi. 1-bosqich bo‘yicha kitoblarni aniqlashda barcha tyutorlarda turli kitoblar belgilanishi ya’ni universitet miqyosida ko‘proq sondagi kitoblar qamrab olinishi zarur. Har bir tyutor kitob bo‘yicha savollarni mustaqil tayyorlashi, oldindan oshkora etmasligi va boshqa tyutorlarga yoki guruhlarga tarqatmasligi lozim.

Tyutor o‘ziga biriktirilgan guruhdagi talabalar bilan kelishgan holda talabalarni jamoalarga bo‘ladi. Misol uchun, guruhda 30 ta talaba mavjud bo‘lsa, 5 tadan 6 ta jamoaga bo‘linadi. Har bir jamoa 5 tadan ko‘p a’zolarga ega bo‘lishi taqiqlanadi. Tyutor talabalarni jamoalarga bo‘lishda barcha jamoalar teng kuchli bo‘lishini ta’minlaydi. Har bir jamoa o‘z nomiga ega bo‘lishi shart.

Dastlab jamoalar kitobdan olgan tushunchasini bayon etishadi, ya’ni kitobni chuqurroq yoritib berishga harakat qilishadi. Bu jarayonlar tyutor tomonidan baholab boriladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 baldan taqdim etiladi va tanlov davomida ushbu ballar qo‘shib boriladi. Har bir bosqichda to‘plangan ballar keyingi bosqich ballariga qo‘shib hisoblanmaydi.

Tanlovning ikkinchi qismida tezkor savol-javoblar bo‘lib o‘tadi. Tyuter kitob yuzasidan oldindan tayyorlab kelgan savollarini jamoalarga beradi. Har bir jamoaga bir marotaba javob berish uchun imkoniyat beriladi. Mazkur jamoa savolga javob bera olmagan taqdirda birinchi javob bergan qo‘shni jamoa tegishli ballarni qo‘lga kiritadi.

Tanlovning uchinchi qismida esa kitob mazmuni bo‘yicha baxslar bo‘lib o‘tadi. Tyutor tomonidan tayyorlab kelingan savollar davraga tashlanadi. Jamoalar tomonidan ushbu savol bo‘yicha shaxsiy munosabatlar va voqealarning turlicha rivoji bo‘yicha fikrlar bildiriladi. Turli xil iqtiboslar ustida fikr va muzokaralar yuritiladi. Faol ishtirok etgan jamoalar o‘z ballariga ega bo‘lishadi.

2-bosqish. Ushbu bosqichda tyutorlar o‘ziga biriktirilgan guruhlarning g‘olib jamoalari o‘rtasida tanlov o‘tkazadi. Tyutor tanlovni o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlarni 2-ilovaga muvofiq oldindan tasdiqlab Ishchi guruhiga taqdim etadi. Tyutorlarga ushbu bosqichda kitoblarni tavsiya etilgan kitoblar orasidan erkin tanlab olish imkoniyati beriladi. Tanlangan kitoblar talabalarga tanlovdan ikki hafta oldin e’lon qilib e’tiborlariga yetkaziladi. 2-bosqich bo‘yicha kitoblarni aniqlashda barcha tyutorlarda turli kitoblar belgilanishi ya’ni universitet miqyosida ko‘proq sondagi kitoblar qamrab olinishi zarur. Har bir tyutor kitob bo‘yicha savollarni mustaqil tayyorlashi, oldindan oshkora etmasligi va boshqa tyutorlarga yoki guruhlarga tarqatmasligi lozim.

Ushbu bosqichdagi suhbatlar 1-bosqichdagi kabi tashkil qilinadi. Shu tariqa, tanlov jarayoni yakunlanadi va to‘plangan ballar qo‘shib, g‘olib jamoa aniqlanadi.

3-bosqish. Ushbu bosqichda tanlov fakultetlar miqyosida ularga biriktirilgan tyutorlarning g‘olib jamoalari o‘rtasida tashkil etiladi. Ushbu bosqishdagi tanlov fakultet dekanining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o‘rinbosarlari tomonidan tashkil qilinadi. Fakultet dekani o‘rinbosari tanlovni o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlarni 2-ilovaga muvofiq oldindan tasdiqlab Ishchi guruhiga taqdim etadi. Fakultet dekani o‘rinbosarga ushbu bosqichda kitoblarni tavsiya etilgan kitoblar orasidan erkin tanlab olish imkoniyati beriladi. Tanlangan kitoblar talabalarga tanlovdan ikki hafta oldin e’lon qilib e’tiborlariga yetkaziladi. 3-bosqich bo‘yicha kitoblarni aniqlashda barcha fakultetlarda turli kitoblar belgilanishi ya’ni universitet miqyosida ko‘proq sondagi kitoblar qamrab olinishi zarur. Har bir fakultet dekani o‘rinbosari kitob bo‘yicha savollarni mustaqil tayyorlashi, oldindan oshkora etmasligi va boshqa fakultet dekani o‘rinbosariga, tyutorlarga yoki guruhlarga tarqatmasligi lozim.

Ushbu bosqichdagi suhbatlar 1-bosqichdagi kabi tashkil qilinadi. Shu tariqa, tanlov jarayoni yakunlanadi va to‘plangan ballar qo‘shib, g‘olib jamoa aniqlanadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

4-bosqish. Ushbu bosqichda tanlov universitet miqyosida 2-bosqichda g‘olib bo‘lgan tyutorlarning jamoalari o‘rtasida tashkil etiladi. Ushbu bosqishdagi tanlov Ishchi guruhi tomonidan tashkil qilinadi. Ishchi guruhi tanlovni o‘tkazish va tanlangan kitob to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talabalarga tanlovdan ikki hafta oldin e’lon qilib e’tiborlariga yetkaziladi. Ishchi guruhi kitob bo‘yicha savollarni mustaqil tayyorlashi, oldindan oshkora etmasligi va boshqa fakultet dekani o‘rinbosariga, tyutorlarga yoki guruhlarga tarqatmasligi lozim.

Ushbu bosqichdagi suhbatlar 1-bosqichdagi kabi tashkil qilinadi hamda qo‘shimcha bitta shart kiritiladi. Qo‘shimcha shartda belgilangan kitob bo‘yicha sahna ko‘rinishini tashkil qilish vazifasi yuklatiladi. Qo‘shimcha shart 5 baldan baholanadi va qo‘shimcha shartni eng yaxshi namoyish etgan jamoa eng yuqori balni qo‘lga kiritadi. Qo‘shimcha shartda jamoa a’zolaridan boshqalar ishtirok etishlari taqiqlanadi. Shu tariqa, tanlov jarayoni yakunlanadi va to‘plangan ballar qo‘shib, g‘olib jamoa aniqlanadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

VII. Yakuniy qoidalar

10. Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Toshkent davlat transport universitetining byujetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

11. Tanlovni o‘tkazilishiga oid nizolar o‘zaro munozaralar olib borish yo‘li orqali yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

About the Author

You may also like these