„Asrga tatigulik kun“— sovet-qirgʻiz adibi Chingiz Aytmatovning ilk romani. Birinchi marta 1980-yilda „Noviy mir“ jurnalida rus tilida nashr etilgan. Asar dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan. Oʻzbek tilida soʻnggi marta Asil Rashidov tarjimasi bilan 2018-yilda Yoshlar nashriyot uyida 10000 nusxali qattiq muqovada nashr etilgan.
Romandagi voqealar temir yoʻlchi Edigeyning marhum doʻsti Kazangapni Ana-Beyt qabristoniga dafn etishga urinishlari. Sayohat davomida Edigey oʻzining Sari-Oʻzak choʻllarida yashagan hayotiy tarixini qirgʻiz xalq ogʻzaki ijodidan parchalar bilan birga soʻzlab beradi. Muallif „Sarioʻzaklar“ atamasini „Sariq dashtlarning oʻrta yerlari“ deb izohlaydi. Sari-Oʻzak yoki ruscha „Sarozek“, romanda bir-birining oʻrnida ishlatilgan, hamda bu atama hayoliy kosmodromning nomidir. Bundan tashqari bu hikoyada amerika va sovet kosmonavti ishtirok etadi. Ular yerdan tashqaridagi hayot shakli bilan doim aloqada boʻlib, kosmik stansiyada birgalikda „Oʻrmon bagʻri“ sayyorasiga sayohat qilishlari haqida kichik syujet mavjud.
Asar Edigey azaliy doʻsti Kazangapning oʻlimi haqida bilishi bilan boshlanadi. Kazangapning barcha qarindoshlari ham uning oʻlimi haqida bilishgan va ertasi kuni uni dafn qilish uchun yoʻlga chiqishga qaror qilishgan edi. Otasining dafn etilishiga befarq boʻlgan Sobitjon, Kazangapni dafn etish uchun Sarozek orqali Ana-Bayt qabristoniga borishga qaror qiladi. Marosim ertasi kuni ertalab boʻlib oʻtadi. Unda Edigeyning butun hayoti davomida sodir boʻlgan voqealar, shuningdek, turli Sarozek afsonalari esga olinadi.
Dastlab Edigey Ikkinchi Jahon urushida qanday jang qilganini, ammo jarohat tufayli urushdan qaytganini eslaydi. Natijada u temir yoʻlda qurilishiga yuborildi. Qurilishda u Kazangap bilan uchrashdi. U Kazangapning Boʻranli chorrahasidagi uyiga koʻchib oʻtishga rozi boʻladi. Kazangap va Edigey qadrdon doʻstga aylanishadi. Kazangap oxir-oqibat Edigeyga oʻzining Sarozek boʻylab afsonaga aylangan Karanar ismli tuyansini sovgʻa qiladi.
1951-yil oxirida Abutolib va Zarifa Quttiboyev ikki yosh oʻgʻillari bilan Boʻronli chorrahasiga koʻchib oʻtadilar. Atrof-muhit ogʻirligi sababli ular dastlab Sarozekda yashashga qiynaladilar. Ammo yillar oʻtib bu ogʻir sharoitga moslashib ketishadi. Koʻchib ketishdan oldin ikkalasi ham maktab oʻqituvchisi boʻlgan. Abutolib ham urushda qatnashgan va nemislar tomonidan asirga olingan, ammo u qochib ketgan va Yugoslaviya partizanlari armiyasi bilan jang qilgan. Shunga qaramay, Sovet Ittifoqiga qaytib kelgach, u hali ham harbiy asir boʻlgan degan stigmani saqlab qoldi.
Farzandlariga oʻz boshidan kechirganlari haqida shaxsiy maʼlumot qoldirish, shuningdek, kimsasiz Sarozekda oʻz qobiliyatlarini saqlab qolish uchun Abutolib oʻzining harbiy asirlik davri, qochishi va partizanlar uchun kurashi haqida asar yozadi. Edigeyning unga aytgan turli rivoyatlarini ham yozib oladi. Afsuski bu harakatlar tekshirish paytida aniqlanib, yuqori organlarga xabar qilinadi. Abutolibni zolim Tansiqboev soʻroq qiladi va u aksilinqilobiy deb topiladi. Sovet davrida uni olib ketishdi va uzoq vaqt davomida qamaladi. Keyinroq Kazangap oʻgʻlini koʻrish uchun yaqin Kumbelga boradi. U yerda Abutolibning oʻlimi haqida Zarifaga xabar berish uchun yozilgan xatni topadi. Lekin unga maktubning mazmuni haqida xabar berishdan koʻra, unga xat borligini aytishni maʼqul deb hisoblaydi. Yedigey keyinchalik xatni olish uchun Zarifani Qumbelga kuzatib boradi. Iosif Stalin oʻsha kuni vafot etadi. Zaripa bu xabarni eshita olmaydi.
Zarifa Abutolibning oʻlimi haqidagi xabarni farzandlariga yetkazmaslik maʼqul deb qaror qildi. Shundan soʻng Edigey farzandlarining hayotida ota siymosiga aylanadi va ularni oʻz qizlaridan koʻra koʻproq yaxshi koʻradi. Abutolibning soʻnggi iltimosi Edigey oʻgʻillariga Orol dengizi haqida soʻzlab berishi edi. Shuning uchun Edigey oʻzining avvalgi baliqchilik kasbi haqida koʻp gapirib beradi.
Yillar oʻtib Sovet Ittifoqidagi ichki islohotlardan soʻng, Edigey oʻgʻillarining ismlarini aniqlashtirish uchun va Abutolibning oʻlimini tekshirish uchun arz qiladi. Abutolib „reabilitatsiya qilingan“ deb eʼlon qilinadi. Edigey ham Zarifaning yana turmushga chiqqanini va yana maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlay boshlaganidan xabar topadi.
Hikoyaning oxiriga yaqin Kazangapni dafn etish uchun yoʻlga chiqqan guruh qariyb Ana-Beyt qabristoniga yetib borishadi. Biroq ularning oʻtishiga yoʻlga oʻrnatilgan simli panjara toʻsqinlik qiladi. Ular uni aylanib oʻtishga qaror qilishdi va u boʻylab boshqa yoʻl tomon harakatlanishdi va faqat yosh askar qoʻriqlayotgan nazorat punktiga yetib borishdi. Ularga toʻsiqdan oʻtish taqiqlangani aytiladi. Ammo askar istisno qilish mumkinmi yoki yoʻqligini bilish uchun boshligʻiga qoʻngʻiroq qiladi.
Qaytish chogʻida, Kazangapning oʻgʻli Sobitjondan tashqari barcha guruh aʼzolari dafn marosimidan jasad bilan qaytish anʼanaga zid keladi degan qarorga keladi. Ular Kazangapni Sarozekdagi jar yoniga dafn etishga qaror qilishadi.
Dafn etilgandan keyin hamma joʻnaydi, ammo Edigey Boʻron Karanar va uning iti Yoʻlbars bilan u yerda biroz oʻylab olish uchun qoladi.
Qahramonlar
- Boʻron Edigey — bosh qahramon. U Sarozekdagi temiryoʻlchi. Bir vaqtlar Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, undan oldin esa Orol dengizida baliqchi boʻlgan. Aynan u Kazangapni dafn etish uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga oladi va voqealarning aksariyati uning nuqtai nazaridan hikoya qilinadi.
- Kazangap Asanbiev- Buranlidagi eng keksa odam. Edigeyni u erga koʻchib kelishga undagan. U Edigey bilan birga temir yoʻlda ishlagan. „ Asrga tatigulik kun“ sarlavhasidagi „kun“ uning dafn etilgan kunidir.
- Ukkubola — Edigeyning xotini. Umuman olganda, u asosan uning xohish-istaklariga boʻysunadi. Butun hikoya davomida u Edigeyga sodiq qoladi.
- Sobitjon – o’z otasini o’likmi yoki tirikligini ham bilmaydi.Hatto otasini o’ligini ko’mishni ham minnat qiladi.U ota bobolaridan qolgan urf-odatlarni hurmat qilmaydigan inson.Qarindoshlaridan ko’ra obro’ e’tiborni birinchi o’ringa qo’yadi.