2019-yildan buyon O‘zbekistonda 21-may Kutubxonachilar kuni sifatida nishonlab kelinadi. 2022-yil 21-may sanasida Toshkent davlat transport universitetida «O’zbekiston Respublikasi kutubxonachilari kasb bayrami» keng nishonlandi.
Tadbirda, universitet rektori Abduraxmanov O.K, universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Baratov D.X hamda universitet Axborot-resurs markazi xodimlari ishtirok etdi.
Axborot-resurs markazi xodimlari universitet kasaba uyushmasi tomonidan sovg’alar bilan taqdirlandi.
Uzoq vaqt halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo’shgan xissasi uchun Axborot-resurs markazining bir nechta xodimlari universitet rektori tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.