O‘zbekiston bo‘ylab II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Yangi O‘zbekistonning rivojlanishida avtomobil yo‘llarining o‘rni va ahamiyati” mavzusida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent davlat transport universiteti Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti “Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasi hamda universitet Axborot-resurs markazi bilan birgalikda tadbir tashkil etishdi.
Tadbirda Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti “Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan chop etilgan yangi darsliklar va o’quv qo’llanmalar taqdimoti bo’lib o’tdi. Kitob taqdimotida kutubxona rahbariyati, professor – o‘qituvchilar, fakultet talabalari, harbiy qism kursantlari hamda sohaga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdilar.
Kitob taqdimotida O’zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati, texnika fanlari doktori, professor Abduboqiy Qayumov, dotsent, shoir, “Do‘stlik ordeni sohibi Abduqaxor Tuylaganov, texnika fanlari nomzodi, professor Barno Salimova, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent Rasidbek Hudayqulov, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent Dilfuza Mahmudova, Axborot-resurs markazi yetakchi mutahasisi Kamilova Lobar, birinchi toifali kutubxonachi Xayitova Muhtasarlar so’zlashdi.