TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
AXBOROT – RESURS MARKAZIDAN
FOYDALANISH QOIDALARI
1. Umumiy qoidalar:
1.1. Axborot-resurs markazi (ARM) demokratik insonparvarlik, hammaboplik, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, fuqarolik shaxsning erkin kamol topish prinsiplari asosida faoliyat yuritish.
1.2. ARM xizmatidan foydalanish bepul, ayrim xizmat turlari pullik xizmat ko‘rsatish usulida, belgilangan tartibda, tegishli qonuniy hujjatlar asosida olib borish, unga xaq to‘lash miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida belgilanish.
2. ARMning asosiy vazifalari:
2.1. Universal axborot-resurslarning, milliy va xorijiy bosma audiovizual elektron nashrlar fondini shakllantirib, saqlab va ochib berish.
2.2. Foydalanuvchilarga boshqa ARM hamda kutubxonalarda, shu jumladan xorijiy AKM, ARM hamda kutubxonalarda mavjud hujjatlar va boshqa hujjatlarni olish imkoniyatlari yaratiladi.
2.3. Axborot mahsulotlarini yaratib, ularni universitetdagi ARMlarning foydalanishlari uchun taqdim etadi.
3. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari:
3.1. O‘XIA ARM fondidan istalgan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun olinadi, shuningdek boshqa AKMda hujjatlarning bosma yoki elektron nusxalarini hujjatlarni elektron vositasida etkazib berish tizimi orqali buyurtma qilish va olishlari mumkin;
3.2. Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga egadir:
-bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati hamda ARM tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning boshqa turlaridan foydalaniladi;
-ARM tomonidan o‘tkaziladigan axborot-ommaviy tadbirlarda qatnashadi;
-foydalanuvchilar ARMga a’zo bo‘lish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki pasport) talabalar uchun talabalik guvohnomasini, zarur miqdordagi fotosuratlarini taqdim etish hamda a’zolik biletini va ro‘yxatdan o‘tkazish varaqasini rasmiylashtirish uchun ma’lumotlar beradilar.
3.3. Boshqa shaharlik fuqoralar pasportini yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni ko‘rsatgan holda foydalanadilar.
3.4. Foydalanuvchilarga bir yo‘la foydalanish uchun beriladigan hujjatlar soni ARM tomonidan yakka holda tartibga solinadi.
3.5. Noyob va qimmatli nashrlar hamda hujjatlar, shuningdek e’lon qilinmagan materiallar foydalanuvchilarga belgilangan tartibda beriladi.
3.6. Foydalanuvchilar ARMdan olingan xujjatlarni va boshqa materiallarni ehtiyot qilishi shart.
3.7. Foydalanuvchi hujjatlar va materiallarni olishda ularni ko‘zdan kechirishi va ularda biron-bir nuqson borligi aniqlanganda bu to‘g‘rida ARM xodimiga ma’lum qilishi kerak.
3.8. ARM fondiga zarar etkazgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy, jinoiy yoki boshqacha tarzda javob beradilar.
3.9. ARM fondidan olingan hujjatlar va materiallarni yo‘qotgan yoxud ularga tiklab bo‘lmaydigan darajada ziyon etkazgan foydalanuvchilar ularni tegishli ravishda xuddi shunday yoki ARM xodimlari tomonidan teng qimmatli deb e’tirof etilgan (shu jumladan nusxalari bilan) hujjatlar va materiallar bilan almashtirishi, almashtirish mumkin bo‘lmagan taqdirda ularning qiymatini belgilangan miqdorda to‘lashi shart.
3.10. ARMdan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun foydalanuvchilar ARMdan foydalanish huquqidan ARM ma’muriyati tomonidan belgilangan muddatga mahrum qilinishi mumkin.
3.11. Kitobxonlar ARM binosida tartib va tinchlikni saqlashga rioya qilishlari shart. Zallarda ortiqcha yurish, stol atrofida ko‘pchilik bo‘lib suhbat qurish taqiqlanadi.
3.12. Kitobxonlar kitobxonlik guvohnomalarini boshqa shaxslarga berish va o‘zgalarni kitobxonlik guvohnomalaridan foydalanish huquqlariga ega emaslar. Ushbu qoida buzilgan taqdirda kitobxonlar ARM ma’muriyati tomonidan belgillangan tartibda jazolanadilar.
3.13. Kitoblarni berilgan muddatda topshirmagan hamda o‘quv zalidan adabiyotlar va boshqa hujjatlarni olib ketgan kitobxonlarga 1 oy muddatda ARMdan foydalanish taqiqlanadi.
3.14. Talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar yozgi ta’tilga chiqishdan oldin kutubxonadan olingan barcha adabiyotlarni topshirishlari shart. Kitoblarni topshirmagan kitobxonlarga kesgin chora ko‘riladi.
4. Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlari
4.1. ARM fondlaridagi hujjatlar va materiallarni ularning saqlanishini ta’minlovchi belgilangan qoidalarga muvofik hisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish; ma’lumotnoma-bibliografik apparatni, shu jumladan elektron katalogni yuritish; tavsiyanoma tusidagi bibliografik qo‘llanmalarni ishlab chiqish.
4.2. Foydalanuvchilarni ARMdagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash.
4.3. Foydalanuvchilarning istaklarini o‘rganish va to‘la qondirish.
4.4. Kutubxona, bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan muloqotda bo‘lish.
4.5. Foydalanuvchilarga ARM axborot resurslaridan foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratish.
4.6. Foydalanuvchilarning so‘rovlarini o‘rganish va maksimal darajada amalga oshirish.
4.7. Foydalanuvchilarga yuksak madaniy va malakaviy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, zarur hujjatlar va materiallarni qidirish hamda olishda zarur yordam ko‘rsatish.
4.8. ARMning ijobiy imiji yaratilishiga ko‘maklashish, ARMning fondlarini va u tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish va ularning istaklariga muvofiq yangi xizmatlar tashkil etish.
O‘quv zalidan foydalanish tartibi
4.9. Qomuslar, ma’lumotnomalar, noyob va qimmatbaxo kitoblar: chop etilmagan materiallar (dissertatsiyalar, ilmiy-tadqiqot hisoboti va boshqalar) hamda kutubxonalararo abonementlari orqali olingan boshqa nashr mahsulotlari faqat o‘quv zallariga beriladi.
4.10. O‘quv zaliga o‘lchamlari 20x20x5 smdan yuqori bo‘lgan portfel, diplomat, sumka bilan kirish, shuningdek, o‘quv zallariga shaxsiy va kutubxona kitoblari, jurnallari, gazetalar, boshqa adabiyotlardan qirqib olingan parchalar va boshqa mahsulotlari kirish taqiqlanadi.
4.11. O‘quv zalida uyali telifonda gaplashish va baland ovozda gapirish stol va stullarga chizib o‘tirish. Mebellarga jiddiy zarar etkizish, turli chikindalarni tashlab ketish taqiqlanadi.
Kitobxonlar uchun kompyuterdan foydalanish qoidalar
4.12. ARMda o‘rnatilgan kompyuterlar — Axborot resurs va Internet tarmoqlaridan foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.
4.13. Kompyuterni yoqish, o‘chirish, sozlash, tashqi va ichki qurilmalariga ulash dasturlarini, operatsion sistemalarini o‘chirish yoki o‘rnatish faqat ARM xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
4.14. O‘z disklaridan foydalanish, sanksiyalanmagan yo‘l bilan ARM va Internet axborot resurslariga kirish taqiqlanadi.
Ushbu qoidani buzgan kitobxonlar ARMdan foydalanishdan mahrum etiladilar:
— kitobxonlik guvohnomasini boshqa shaxsga berganligi uchun – 1 oy;
— o‘quv zalidan adabiyotlar va boshqa hujjatlarni olib chiqarib ketganligi uchun — 1 oy;
— kutubxonada jamoatchilik tartibini buzganligi uchun – 3 oy.
5.Ushbu qoidaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
5.1. Ushbu qoida matniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ARM rahbarining taklifiga ko‘ra yoki universitet Kengashining qaroriga asosan universitet rektori tomonidan amalga oshiriladi.