– Kutubxonadan foydalanish qoidalarini o‘rgatadi (katalog, kartotekalardan);
– Kitobxonlarni o‘quv jarayonida zarur bo‘lgan o‘quv qo‘llanma va darsliklar bilan ta’minlaydi;
– Kitobxonlarni Axborot-resurs markaziga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishtiradi;
– Doimiy ravishda Axborot resurs markaziga kelgan davriy nashrlar bo‘yicha ma’lumot beradi;
– Axborot bibliografiya xizmatini ko‘rsatadi;
– Axborotnoma (byulleten)- kitobxonlarga rasmiy, meoriy va boshqa hujjatlar mazmuni haqida ma’lumot beruvchi vaqtli yoki davomli nashr. Unda soha mutaxassislariga mo‘ljallangan umumlashma va izohli maqolalar chop etib beriladi;
– Axborotni tanlab tarqatadi ya’ni doimiy talablarga mos ravishda kundalik kelib tushayotgan hujjatlar haqida doimiy ravishda axborot berib boradi;
– Axborot kunlari o‘tkazadi. Ma’lum vaqt ichida kitobxonlarga adabiyotlar haqida ma’lumot berib boradi;
– Bibliografik maslahat beradi ya’ni bibliografik izlanish yo‘l va vositalaridan mustaqil foydalanish uchun alohida talabga ko‘ra belgilangan maslahatlardan iborat;
– Bibliografik ko‘rsatgich tuzadi. Ma’lum bir soha yoki shaxslar uchun tuziladi;
– Bitiruvchi bakalavrlarga bitiruv malakaviy ishlarida yordam beradi;
– Magistrantlar uchun ilmiy izlanishlarda yordam beradi;
– Kafedralar uchun axborot varaqalari tuzadi va sohaga doir adabiyotlar haqida ma’lumot beradi;
– Talabalarga masofadan turib elektron adabiyotlar bilan xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi;
– Sohaga doir xorijiy adabiyotlar bilan doimiy ravishda xizmat ko‘rsatadi;
– Xorijiy elektron baza (EBSCO, diss.natlib.uz , press.natlib.uz) lardan foydalanish tartib qoidalari ni o‘rgatadi.