M.Shayxzoda nomidagi badiiy adabiyotlar o‘quv zali(442-xona).
Maqsud Ma’sum o‘g‘li Shayxzoda 1908- yilda Ozarboyjonning Agdash (Oqtosh) shahrida shifokor oilasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich va o‘rta ma’lumotni o‘zi tug‘ilgan shahrida olgach, Boku Oliy pedagogika institutiga sirtdan o‘qishga kiradi. 1925- yildan boshlab Darbanddagi 1-bosqich Ozarboyjon maktabida, Bo‘ynoqdagi ta’lim va tarbiya texnikumida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. 1927- yilda aksilinqilobiy tashkilot a’zosi sifatida qamoqqa olinib, 1928- yilning fevralida Toshkentga surgun qilinadi. Maqsud Shayxzoda Toshkentga kelgach, turli gazeta-jurnallarda adabiy xodim, 1935-1938- yillarda 0 ‘zbekiston Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938- yildan vafotiga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti)ning o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qildi. Insoniyatga tahdid solayotgan XX asr balosi — fashizmni yo‘q qilish, hayotni, tiriklikni, or-nomusni saqlash, xalqni ruhan yengilmaslikka, matonatga undash shoirning o‘sha yillari chop etilgan «Kurash nechun», «Jang va qo‘shiq», «Kapitan Gastello», «Ko‘ngil deydiki» kabi to‘plamlarining bosh mavzusi bo‘ldi. Maqsud Shayxzoda «Jaloliddin Manguberdi» dramasini yozdi. Maqsud Shayxzoda 50-yillar boshida asossiz ravshan qamoqqa oladilar va 25 yilga surgun qiladilar. Stalin vafot etgach, tuhmat bilan nohaq qamalganlarning ishi qayta ko‘rildi. Shu tariqa 1955 yili ko‘pgina fidoyi ziyolilarimiz qatori Shayxzoda ham oqlanib chiqdi. Lekin 5 yillik qamoqxona azoblari natijasida shoirning sog‘ligi juda yomonlashib qolgan edi. Shunga qaramay, umrining oxirigacha 10 yil davomida baland uyning eng yuqori qavatida yashashga majbur bo’ldi. U qisqa hayot kechirdi — 60 yoshga ham to‘lmay, 1967 yil 19 fevral kuni uzoq vaqt davom etgan xastalikdan so‘ng olamdan ko‘z yumdi. Shayxzoda ijodi eng gullagan paytda, shiraga to‘lgan vaqtida olamdan ketdi.
O’zbekisfon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-vil 24-avgustdagi 502-sonli qarori ijrosi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi «Atoqli adiblar va mutafakkirlar ijodiy merosinİ yoshlar o’nasida targfib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to’g’risİda»gİ 502-sonli qarori hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 2-sentabrdagi 458-son, O’zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2020-yil 7-sentabrdagi 173-sonli buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat transport unversiteti 23.09.2020-yil №46-Y sonli buyrug’I bilan Axborot-resurs markazining badiiy adabiyotlar o‘quv zalini “Maqsud Shayxzoda” nomidagi badiiy adabiyolar bo‘limi deb yuritila boshlandi.
“Maqsud Shayxzoda” o‘quv zali shinam va yorug’ bo’lib foydalanuvchilar uchun juda ham qulay. Adabiyot va san’at darg’alari aks ettilrilgan suratlar bilan bezatilgan. O’quv zali klassika, poeziya,dedektiv,sarguzasht hamda fantastika janrdagi o‘zbek, rus va lotin alifbosidagi 31919 ta adabiyotlar, 28 ta so’ngi rusumdagi kompyuter va bepul internet tarmoqlarini o‘z ichiga qamrab olgan. Kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida o‘quv zalida mavjud adabiyotlar ochiq fond shaklida joylashtirilgan. Bu kitobxonga o‘zi hohlagan turdagi adabiyotni o‘qish imkoniyatini beradi.