Toshkent davlat transport universitetining tarkibiy boʻlinmasi universitetning 8 ta fakultetida tahsil olayotgan 13489 nafar talaba va 1241 nafar professor-oʻqituvchi va hodimlarga o’quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlari uchun axborot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatadi.
-Kutubxona fondini saqlash, boshqarish va kengaytirish
-Foydalanuvchilarni axborot-resurslar bilan ta'minlash
-O’z faoliyatiga yangi texnologiyalar va usullarni muntazam joriy etish.
-Kutubxonamizni zamonaviy kutubxonalar qatoriga qo'shish
-Kitobxonlarga sifatli va qulay xizmat ko'rsatish
-Ilmiy tadqiqotchilarga izlanishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratish.
Kutubxonani keng maʼnodagi kompleks axborot xizmatlari muassasasi hamda qulay shart-sharoitlar bilan taʼminlangan, norasmiy muloqotlar uchun qoʼshimcha imkoniyatlar taqdim etiladigan “Jamoat joyi” koʼrinishidagi kutubxona sifatida shakillantirish, kutubxonalar maqsadi toʼgʼrisidagi anʼanaviy tushunchalarni oʼzgartirish va ularga yangi ijtimoiy maʼno berish.
Toshkent Davlat transport universiteti Axborot-resurs markazining fondi 139486 nomda 774532 nashr birligini tashkil qiladi. Shu jumladan: Ilmiy 231175 nusxada, O‘quv qo‘llanmalar 212318 nusxada, Badiy adabiyotlar 31919 nusxada. Boshqa adabiyotlar 28945 nusxada, elektron adabiyotlar 131999 ta, nodir adabiyotlar 26 ta .
To’liq matnli ma’lumotlar bazasi mavjud.
Toshkent davlat transport universiteti xorijiy ilmiy dasturlardan: Web of Science, Ebsco, diss.rsl.ru hamda UzNel, Diss.natlib.uz, ibs.natlib.uz, Press.natlib.uz bazalaridan cheksiz foydalanish imkoniyatiga ega.
Axborot-resurs markazida 5 ta o‘quv zali mavjud bo‘lib, o‘rindiqlar soni 229 tani tashkil etadi. Shundan: talabalar o‘quv zali 120 o‘ringa, professor-o‘qituvchilar o‘quv zali 16 o‘ringa, M. Shayxzoda nomidagi badiiy o‘quv zali 48 o‘ringa, aviatsiya fakulteti o‘quv zali 15 o‘ringa, avtomobil transporti muhandisligi fakulteti o‘quv zali 30 o‘ringa mo‘ljallangan.
Fakultetidan qatiy nazar universitet foydalanuvchilariga yagona kitobxonlik guvohnomasi orqali abonoment xizmati ko’rsatiladi.
XVII asrdan to hozirgi kunga qadar bo‘lgan 2500 ga yaqin nodir adabiyotlar fondi mavjud. Ular yagona nusxada bo‘lib, kitobxonlar uchun katta ahamiyatga ega. Kitobxonlar o‘z faoliyatlari davomida ushbu nodir adabiyotlardan foydalanish imkoniga egadirlar. Bundan tashqari magistr disertatsiyalari bilan birga chet el adabiyotlari ham fondga jamlangan bo‘lib, undan doimiy ravishda magistrlar va talabalar foydalanib keladilar. Sohaga doir chet elda nashr etilgan jurnallar va gazetalardan foydalanish imkoiyati ham mavjud
Axborot-resurs markazi tuzilmasida 5 ta boʻlim mavjud boʻlib, ularda 42 nafar xodim ishlaydi: Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot boʻlimi; Axborot- kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo’limi; Axborot resurslari bilan xizmat ko’rsatish bo‘limi; Elektron axborot resurslari bo’limlari; Xorijiy axborot — kutubxona resurslari bilan ishlash bo’limi.
Toshkent Davlat transport universiteti Axborot-resurs markazi eng yangi texnologiyalarni faol o‘zlashtirmoqda. Kutubxonada zamonaviy texnologiyaga asoslangan avtomatlashtirish tizimi joriy etildi, buning natijasida “IRBIS 64” avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimida ish olib borish yo’lga qo’yildi. Bundan tashqari universitet xodimlari va talabalari yagona identifikatsiya kartalaridan foydalanish masalalari ham koʻrib chiqildi. Unda dolzarb masalalar bo‘yicha barcha ma’lumotlar, jumladan, hujjatlarni qaytarish muddatlari va ularga rioya etilishi ustidan nazorat o‘z aksini topadi. Bundan tashqari, nusxa koʻchirish apparatlari va “Fujitsu fi-6770” skaneri oʻrnatilgan boʻlib, uning yordamida kutubxona foydalanuvchilari uchun zarur adabiyotlarni skanerlash va ularning elektron pochtasiga yoki USB, flesh-diskga yuborishi mumkin.
Universiteti Axborot-resurs markazi universitetning axborot-ma’rifiy va madaniy markazi bo‘lib, sifatli ta’lim olish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga har tomonlama ko‘maklashadi; universitetning ta’lim dasturlariga mos keladigan kitob fondi va zamonaviy elektron resurslar bilan ta’minlaydi; fakultet va kafedralar bilan uzluksiz hamkorlik jarayonida: foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganadi, axborot xizmatlarini ko‘rsatadi, muntazam ravishda yangi xaridlar ko‘rgazmalarini o‘tkazadi, shuningdek, shahar va respublikadagi boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi. Universitetning kundalik o‘quv va ilmiy jarayonida kutubxona o‘z foydalanuvchilari uchun maqbul sharoitlarni yaratishga intiladi. Kutubxonaning barcha faoliyati kitobxonning o’zini qulay his qilishiga, kerakli ma’lumotlarni olishiga, xodimlarning e’tiboriga va har bir tashrifdan ma’naviy qoniqishga qaratilgan.