Dunyoning yuzlab mamlakatlarida minglab marta millionlab adadlarda nashr etilgan bu avtobiografik kitobni XX asrning buyuk menejerlaridan biri, ishlab chiqarishda oqim-konveyer yo‘lini joriy etgan, AQSH avtomobil sanoatining “otasi”, milliarder Henri Ford yozgan. Ford hayotining tilsimlari, muvaffaqiyatining sirlari haqida ko‘plab asarlar bitilgan. Bu kitob uning o‘zi yozgan, yorqin, timsolli, qat’iyat va ilhom bilan bitilgan asardir.