Alber Kamyu – XX asr fransuz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi, mohir adib, dramaturg, faylasuf, «Tubanlashuv», «Vabo», «Sizif haqida asotir», «Kaligula», «Asotir va qiyofa», «Isyonkor odam», «Begona» kabi asarlar muallifi. A.Kamyu o‘z asarlarida Ikkinchi jahon urushi dahshati oqibatida paydo bo‘lgan insoniy taqdirning absurd hissiyotlarini kuylagan.