Maqsud Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘bek» tragediyasida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek hayotining so‘nggi davrlari qalamga olingan. Asarda muallif o‘z davri uchun yangilik bo‘lgan ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan maʼrifatparvar olimning johil guruhlar, hokimiyatga intilgan shahzoda bilan bo‘lgan keskin ziddiyatlari hamda fojiali hayoti mohirona ochib berilgan.