- Ma ‘lumot uchun: Mazkur mukofot Bahrayn Qirolligi lomonidan 2005-yilda ta ‘sis elilgan bo‘lib, ta’lim imkoniyatlarini oshirish uchun yangi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha innovatsion loyihalarni qo ‘llab-quvvatlashdan iborat.
- 2022-yil uchun tanlov mavzusi – “Jamoat platformalari orqali raqamli ta’lim resurslaridan barchani foydalanishini ta’minlash” (The use of public platforms to ensure inclusive access to digital education content). Tanlovda raqamli ta’lim platformalaridan va raqamli resurslardan barchaning foydalanishini ta’minlagan, shuningdek, barcha o‘qituvchi va o‘quvchilaming ta’lim olishi va raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga yordam bergan loyihalar taqdim etilishi mumkin.
- Dunyoning turli mamlakatlaridan 2 ta innovatsion loyiha tanlanib, 25 000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar joriy yilning 23-yanvar kuniga qadar quyidagi veb-sahifa orqali ro‘yxatdan o‘tib: www.unesco.org/ict-ed-prize/register, nomzodnoma shaklini to‘ldirishi (ingliz yoki fransuz tillarida) lozim.
- Nomzodnomalar YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibiyati tomonidan saralanadi va tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.