«Scopus» elektron ma’lumotlar bazasi

Toshkent davlat transport universiteti professor-o’qituvchilari, aspirantlari, magistrlari va talaba yoshlar ilmiy salohiyatini rivojlantirishlariga ko’maklashish va o’z bilim ko’nikmalarini boyitish maqsadida dunyoning eng nufuzli imliy-taxliliy reyting platformalaridan biri bo’lgan Scopus elektron ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyati yaratildi.

«Scopus» – bu taqriz qilinayotgan adabiyotlar: ilmiy jurnallar, kitoblar, va konferentsiya materiallarida berilgan havolalar haqidagi qisqacha tavsif va maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan eng yirik maʼlumotlar bazalaridan biridir.Ushbu platforma dunyoning eng nufuzli ilmiy-tahliliy reyting platformalaridan biri boʼlib, u ilmiy maqolalar mualliflari, olimlar reytingi, jurnallar, tashkilotlar, mamlakatlar reytinglarini tuzish imkonini beradi.
«Scopus» bazasi 21000 nomdagi ilmiy-texnik va tibbiyot jurnallarini, 5000 ga yaqin xalqaro nashriyot nashrlarini o’zida jamlagan.

Ma’lumotlar bazasiga kirish:
Scopus elektron ma’lumotlar bazasiga http://www.scopus.com/ havolasi bo‘yicha universitetimiz lokal tarmog’i orqali to’g’ridan to’g’ri kirish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek Axborot-resurs markazida professor-o’qituvchilar va talabalar uchun o’quv zallarida o’rnatilgan kompyuterlardan ushbu platformaga bevosita kirishingiz mumkin.

About the Author

You may also like these