🤩Universitetimiz professor-o’qituvchilar va talaba yoshlarning bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlashlarida xorijiy ilmiy-elektron baza ma’lumotlaridan foydalanishlari uchun ajoyib shart-sharoit yaratildi.
Toshkent davlat transport universiteti Axborot-resurs markazi jahonning yetkchi elektron bazalaridan biri bo’lgan «BEGELL HOUSE» ilmiy-elektron bazasiga obuna bo’ldi.
💻Ushbu baza bugungi kunda jahondagi eng ilg‘or ma’lumotlar bazalaridan biri bo‘lib, nashriyot tomonidan muhandislik, tibbiyot va boshqa sohalarga doir ilmiy ma’lumotlar muntazam ravishda o’z foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Ushbu patformadagi mavjud kontentlar 33 yil davomida xalqaro taxririyatlar tomonidan ishlab chiqilgan va har chorakda dunyoning taniqli olimlari tomonidan yangilab boriladi. Bundan tashqari «BEGELL HOUSE» platformasi umumiy qamrovda dunyo bo’ylab 146 mamlakat foydalanuvchilari uchun xizmat qiladi.
😎Bugungi kunda ilmiy izlanishlar olib borish hamda dunyo olimlarining yozgan maqolalari, ilmiy statistik taxlillarini kuzatib borish trendga aylanmoqda.
👩🎓Aynan, «BEGELL HOUSE» platformasida ham universitetimiz professor-o’qituvchilar va talaba yoshlarining dunyodagi elektron ilmiy-ta’lim resurslaridan erkin foydalanishi, xorijlik olimlar bilan tajriba almashishish imkoniyati yaratilgan.
🌐Ma’lumotlar bazasiga kirish:
BEGELL HOUSE platformasiga https://www.begellhouse.com/havolasi bo‘yicha universitetimiz lokal tarmog’i orqali to’g’ridan to’g’ri kirish imkoniyati yaratildi. Shuningdek universitet hududidan tashqarida ushbu platformadan foydalanish
LOGIN: tashkentstatetransuniv
PAROL: X#nL+72&