YANGI ADABIYOTLAR XONASI (212-xona).
Bu xonada professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar Axborot-resurs markaziga kelgan barcha yangi adabiyotlardan foydalana oladilar. Adabiyotlar sohalar bo‘yicha ajratilgan bo‘lib, ularni ko‘pchiligi chet el adabiyotlari hisoblanadi. Hozirgi kunda nashr etilayotgan chet el adabiyotlari kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shuningdek bu yerda sohaga doir (transport sohasiga doir) ko‘plab davriy nashrlar jamlangan. Foydalanuvchilar o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni kartotekadan izlab ularni olib foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari bu xonada o‘n yettinchi asrdan to hozirgi kunga qadar bo‘lgan 2500 ga yaqin nodir adabiyotlar fondni mavjud. Ular yagona nusxada bo‘lib, kitobxonlar uchun noyob ahamiyatga ega. Kitobxonlar o‘z faoliyatlari davomida ushbu nodir adabiyotlardan foydalanish imkoniga egadirlar. Bundan tashqari magistr disertatsiyalari ham fondga jamlangan bo‘lib, undan doimiy ravishda magistrlar va talabalar foydalanib keladilar.
1. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv zali vazifalari:
l.l Professor-o‘qituvchilarga, institut ilmiy xodimlariga, institut xizmatchilarga kutubxona-bibliografik xizmat ko‘rsatish.
1.2 Kitobxonlarga yangi kelgan adabiyotlar axborotini berish.
l.3 Zalning yordamchi fondini tashkillashtirish.
1.4 Yangi kelgan adabiyotlarga har haftada kitob ko‘rgazmalar tashkillashtirish orqali kitobxonlarga axborot berish (kitoblar, maʼlumot va vaqtli matbuotlar) .
1.5 Sh.Mirziyoyevning asarlarini o‘rganish va targ’ib qilish.
1.6 O’zbekiston Prezident farmonlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini, Oliy Majlis sessiya materiallarini kitobxonlarga taqdim etadi.
1.7 Vaqtli matbuotlarni taqdim etish.
1.8 Maʼlumot nashrlarini taqdim etish (lug’atlar, entsiklopediyalar, ma’lumotnoma) .
2. E s l a t m a:
2. O‘quv zalning fondiga adabiyotlarni ochiq kirib ko‘rishni tashkillashtiradi.
2.1 Fond saqlanish maqsadida:
2.2 Vaqtli matbuotlarga hisobli — yozib olingan kartoteka va kitoblarning raqamli kartotekasi olib boriladi.
2.3 har yili fond tekshiruvini tashkillashtiradi va o‘tkazadi (iyul-avgust) . Kutubxonachi O‘zgarganda majburiy xolda fond tekshiriladi.
2.4 Kitoblar, vaqtli matbuotlar (ikki yil saqlangandan keyin), maʼlumotnoma nashrlar kitob saqlanadigan xonalarga topshiriladi. Fondda tekshiruv hujjatlari, kitoblarning raqamli kartotekasi va o‘quv zal fondining talonlar xisobi olib boriladi.
2.5 Katta kutubxonachi kitob fondini saqlanishiga javob beradi. O‘quv zalida sanitariya-gigiena sharoitlarni kuzatib boradi.