XIZMAT KO‘RSATISH BO‘LIMI.
Xizmat ko‘rsatish bo‘limi Axborot-resurs markazining asosiy bo‘limlaridan biri hisoblamadi. Xizmat ko‘rsatish bo‘limining umumiy fondi 780 mingni tashkil etadi. Ushbu bo‘limda barcha kitobxonlar Axborot-resurs markazi bo‘limlaridan foydalanish imkonini bera oladigan yagona “kitobxonlik guvohnomasi” ni oladilar va bu guvohnoma talabalar uchun o‘quv jarayoni yakuniga qadar foydalanish imkonini beradi. A‘zolik guvohnomasi orqali hizmat ko‘rsatish bo‘limidan talabalar o‘quv yili oxiriga qadar o‘zlariga zarur bo‘lgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni adabiyotlar ro‘yxati asosida olishlari mumkin.
Kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida xizmat ko‘rsatish bo‘limining fakultetlarda filiallari mavjud. ta xizmat koʼrsatish boʼlimi bor
• Oʼquv adabiyotlar boʼlimi 123 xona
• Oʼquv adabiyotlar boʼlimi 223 xona
• Maqsud Shayxzoda nomidagi badiiy adabiyotlar o‘quv zali
• Vosil Qobilov nomidagi texnika yo‘nalishi bo‘yicha talabalar oʼquv zali
• Аviatsiya transport muhandislik fakulteti kutubxonasi
• Аvtomobilь yoʼllar muhandislik fakulteti kutubxonasi
• Аvtomobilь transport muhandislik fakulteti kutubxonasi
• 3-sonli talabalar turar joyi kutubxonasi
Aviatsiya muhandisligi fakultetida 14934 ta kitob fondiga ega bo‘lgan kutubxona tashkil etilgan. Bu yerda talabalar uchun aviatsiya sohasida ishlatiladigan ko‘plab xorijiy adabiyotlar, darslik, o‘quv qo‘llanmalar hamda davriy nashrlar mavjud.
Avtomobil transport muhandisligi fakultetida 14 mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona mavjud. Bu yerda avtomobil konstruksiyalari, texnik ekspluatatsiyasi, tamirlash, loyihalash hamda transport logistikasi yo‘nalishlariga doir ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, monografiyalar, daviy nashrlar hamda xorijiy ilmiy adabiyotlar jamlangan.
Avtomobil yo‘llari muhandisligi fauktetidagi kutubxona 3580 ta sohaga doir adabiyotlarni o‘z fondiga jamlagan. Talabalar avtomobil yo‘llari ekspluatatsiyasi, yo‘l qurilishi, tamirlanishi, lohiyalariga doir o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, monografiyalar, daviy nashrlar hamda xorijiy ilmiy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatiga egadirlar.
Talabalarni vaqtdan umumli foydalanishiga shart sharoit yaratib berish maqsadida universitetimizning 3-sonli talabalar turar joyida Axborot resurs markazi tomonidan umumiy fodni 1955 tani tashkil etadigan kutubxona faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu kutubxonada talaba yoshlar dardan bpsh vaqtlarida o‘zlarini fan yo‘nalishlariga doir bir qancha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalardan foydalanadilar.
XIZMAT KO‘RSATISH BO‘LIMI fazifalari.
• Har bir boʼlim bilan ish tartibiga, ishlash jaranyoniga hodimlarni mehnat intizomiga kundalik vazifalar bilan taʼminlash ;
• Professor – oʼqituvchilar, magistr, talabalar va ishchi hodimlarni ro‘yxatga olib guvohnoma berish;
• Kutubxonadan foydalanish qoidalari bilan kitobxonlarni tanishtirish;
• Yangi kelgan adabiyotlarni hisobga olib, jovonlarga tartibli joylash;
• Qabul qilingan adabiyotlarni boʼlimlar boʼyicha ajratish va jovonlarga joylash;
• Yoʼqotilgan adabiyotlarni roʼyhatini olib boorish;
• Qarzdor kitobxonlar bilan ishlash;
• Qarzdorlar ro‘yxatini tuzib, dekanatlar bilan ishlash;
• Raqamli va alifbo kartotekalarini aʼzolikdan chiqarilganlaridan tozalash va yangilari bilan boyitib borish;
• Kartotekalarni tartibli ekanligini tekshirib borish;
• Oylik, chorak va yillik hisobotlarni hisoblash;
• Fondni tozalash, kutubxonani tartibga keltirish;
• Moddiy maʼnaviy va eskirgan adabiyotlarni kafedra mudirlari bilan kelishilgan holda hisobdan chiqarish;
• Kitobxon kartochkalari kartotekasini tartiblash, ularning ahvolini tuzatish;
• Аdabiyotlarni taʼmirlash;
• “IRBIS-64” dasturi bilan ishlash;
• Аxborot resurs markazi direktoriga hisobot berish.