ILMIY ADABIYOTLAR BO‘LIMI (210-xona).
Kutubxonaning ilmiy adabiyotlar bo‘limida 231175 sondagi o‘zbek, rus, lotin tilidagi adabiyotlar jamlangan bo‘lib, ulardan doimiy ravishda professor-o‘qituvchilar, magistrlar, ilmiy hodimlar va talabalar foydalanadilar. Bu bo‘lim kitobxonlarga kitoblardan samarali foydalanish uchun keng imkoniyat beradi. Ilmiy adabiyotlar fondini bo‘limda joylashgan kataloglar o‘zida jamlab yoritib beradi. Bo‘limda alfabitsistemali lotin tilidagi kataloglar mavjud bo‘lib ular kitobni tez qidirib toppish imkonini beradi. Alfabi katalogi kitobxonga zarur bo‘lgan adabiyotlarni avtorlari, sarlavhalari bo‘yicha alfabit tartibda biblografik qaydlar asosida yozilgan. Bu foydalanuvchilarga o‘iga zarur bo‘lgan ma’lumotni tez topishga yordam beradi. Sistemaviy katalog esa ta’limning bilim sohalari tizimi bo‘yicha joylashgan qaydlar ko‘rinishida bo‘lib izlangan axborotni tez va oson toppish imkoniyatini yaratadi. Lotin tilidagi adabiyotlar katalogi fonddagi barcha lotin tilidagi adabiyotlarning alfabit tartibdagi biblografik qaydlari asosida joylashgan bo‘lib, ular kitobxonga lotin tilidagi adabiyotlardan unumli foydalanishga yordam beradi. Kitobxon bub o‘limda kataloglardan foydalangan holda adabiyotlarga buyurtma beradi va kitobni 10 kun muddatga olish imkoniga ega. Bu yerda transport sohasiga doir davriy nashrlardan foydalanish imkoniyati ham mavjud. Ilmiy adabiyotlar bo’limi 3 ta kitoblarni saqlash xonalari va kataloglar joylashgan xonalardan iborat. Bu yerda ilmiy adabiyotlar ilmiy ishlar, avtoreferatlar, gazeta va jurnallar saqlanadi. Kataloglar joylashgan xonada alfavit,sistematik yordamchi predmet kataloglar talabnoma orqali ilmiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar beriladi. Ish joylarini changdan tozalash.Abonomentda kitobxonlarga xizmat ko’rsatish.
VAZIFALARI
• Kitobxonlarning kitob talabnomalarini bajarish. Kitobxonlarni bo’limga a’zo qilish, ularni foydalanish qoidalari va ARM imkoniyatlari bilan tanishtirish. Kunlik hisobotni yuritish.
• Kun davomida qabul qilingan kitoblarni bo’lim bo’yicha ajratish,joylash.
• Talabalarga xizmat ko’rsatish talabalarning kunlik davomati,kitobxon kartochkalarini kartotekaga tartib bo’yicha joylash,kitoblar fondini tekshirish. Kataloglardan foydalanish haqida ma’lumot berish.
• Qarzdor kitobxonlar bilan ishlash kitobxonlardan kitoblarni qaytarish muddatini nazorat qilish.
• Fondni inventarizasiya qilish va ishdan chiqqan yaroqsiz kitoblarni fonddan chiqarish. Qarzdorlar ro’yhatini tuzib dekanatlar bilan ishlash.
• Oylik,chorak va yillik hisobotlarni olib borish.
• Bitiruvchi talabalarni hisobdan chiqarish va abonomentlarni yopish.
• ARM direktoriga hisobot berish.